"KULINAR" CHUCHVARASI QANDAY PISHIRILADI
Klassik uslubda qaynatamiz yoki qovuramiz va qayla bilan suzamiz
Chuchvaralar — bu haqiqiy mumtoz taomdir. Unga o'xshash taomlar dunyoning deyarli barcha taomillarida bor, lekin chuchvaraning, ayniqsa, tayyorlash va iste'mol qilish nuqtai nazaridan qaraganda xajmi qulay.

Toshkentning savdo nuqtalaridan Mol go'shtidan qilingan uy chuchvaralarini, «tanqis chuchvarani» — "Kulinar"dan kurka go'shtli Dumaloq chuchvaralarni sotib oling. Quyida esa siz «kechki ovqatga nima pishirsam ekan?», degan savoldan halos qiluvchi oddiy tayyorlash usullarini topasiz.

Osh bo'lsin!
PISHIRISHNING
2-TA USULI

Qaynatishmi yoki qovurish
QAYLA UCHUN
2TA VARIANT

Qatiq va ko'katli yoki soyali qayla, sarimsoq va qalampir bilanmi?
Qaynatamiz
Chuchvaralarni mazali bo'lishining siri suv va tuz nisbatining to'g'riligida bo'ladi. Keyingi gal ushbu nisbatlardan foydalanib ko'ring: 0,5 kg chuchvaraga — 3 litr suv va 1,5 choy qoshiqda tuz soling.

Suvni qaynash darajasiga olib borib, tuz soling. Muzlatilgan chuchvaralarni kichik-kichik qismlarda ehtiyotkorlik bilan suvga soling va bir-biriga hamda kostryulkaning chetlarigi yopishib ketmasligi uchun muntazam aralashtirib turing. Chuchvaralar suvda erkin suzib yurishi kerak. Vaqti-vaqti bilan aralashtirib turib, suvni yana qaynash darajasiga olib boring. So'ngra olovni o'rtachagacha pasaytiring va yana 10 daqiqa qaynating. Ushbu bosqichda 6 dona dolchin barglarini oldindan sovuq suvda chayib olib qo'shing.

Tayyor bo'lgan chuchvaralarni chovlida oling, suvini chiqarib yuborib, dasturxonga torting. Hamma chuchvaraning oralariga oqib kiradigan qilib, albatta, sariyog' qo'shing — shunda u mazaliroq, yumshoqroq bo'ladi va tanovul qilayotganda ham bir-biriga yopishib qolmaydi. Shuningdek, tayyor bo'lgan taomga maydalangan qora murch sepsangiz ham bo'ladi — ular bir-biri uchun yaratilgan, axir.
Qatiqli qaylalar
"Kulinar"ning kurka go'shtli dumaloq chuchvaralari qatiqli qaylalar bilan a'lo darajada mos keladi. Masalan:

— Shivit va ko'k piyozni maydalab to'g'rang (har biridan bir bog'lamdan);
— Ko'katlarga 300 ml yangi qatiq soling;
— Choy qoshiqning yarmida tuz qo'shing;
— Maydalangan qora murch va qizil qalampir qo'shing.
— Nihoyat, choy qoshiqning uchdan birida 9%li sirka qo'shing va aralashtiring.

Qaylani dasturxonga torting va uning ustiga chuchvaralarni soling.

Qovuramiz
Bizning chuchvaralarni bemalol qovurish ham mumkin, hatto, ikkita usulda qovurish mumkin: oldindan qaynatib olib yoki muzlagan holatida darhol. Agar qaynatib olsangiz, yumshoqroq chiqadi, bunday qilmasangiz — chuchvaralar anchayin qattiqroq, qarsildoq bo'ladi, lekin mazasiga putur yetmaydi. Umuman olganda, qovurish juda oddiy, asosiysi — tovaning chetlariga yopishib qolmasligi uchun ularni muntazam ravishda aralashtirib turing. Yaxshisi tagiga oldirmaydigan qoplamadan foydalangan durust, albatta.

O'simlik yog'ini shunday quyishingiz kerakki, u tovaning tagini 5 mm.dan oshmagan holda qoplashi lozim. So'ngra tepasida bilinar-bilinmas bug' paydo bo'lgunicha dog' qilib oling. Keyin chuchvaralarni ehtiyotkorlik bilan tovaga soling. Ular sachraydi va "janjallashadilar", shuning uchun etak taqib olishni unutmang!

10 - 15 daqiqa mobaynida qovurib, ularning bir tekisda qovurilishi uchun muntazam ravishda aylantirib turish kerak. Barcha chuchvaralarning yuzasi bir xil tilladek tovlanib, rang olgandan so'ng ularning pishgan-pishmaganligini tekshirib ko'rishingiz mumkin.

Suzishdan avval ortiqcha yog'lardan halos qilish uchun chuchvaralarni chovlidan o'tkazing va quyidagi qayla bilan dasturxonga torting:
Sarimsoqli soyali qayla
— Sarimsoq piyozning 4ta bo'lagini maydalab to'g'rang;
— Petrushkaning 1 bog'ini maydalab to'g'rang;
— Bularga 150 ml soyali qayla quying;
— Quritilgan achchiq qizil qalampir qo'shing;
— Kunjut qo'shing.

Qaylani 10 daqiqa "dam" oldiring va qovurilgan chuchvaralarga qo'shib torting.

Yoqimli ishtaha!
Keyingi gal qarindoshlaringizdan biron-bir kishi «Kechki ovqatga nima bor?», deb so'rab qolsa, cho'chimang. Bizning pishirishga tayyor bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarimizdan har qandayini oling va oila a'zolaringizning xonaki mazali kechki ovqatlar bilan ko'ngillarini xushnud qiling.