TEZ VA MAZALI: UYDA KOTLET VA SHNITSEL TAYYORLAYMIZ
Qovuramiz yoki dimlaymiz. Turli garnir va qaylalar bilan tortamiz

Shnitsel va kotletlar deyarli har qanday garnirlar bilan mos keladi. Ularni tez va oson tayyorlash mumkin — jarayonga to'g'ri yondoshsangiz, siz ajoyib ko'rinishga ega, ishtaha ochadigan mazali taom pishiraolasiz.

Shnitsel va kotletlar – bu «kechki ovqatni nima pishiramiz?», degan savolning eng maqbul javobidir.

Siz kotlet yoki shnitsellar o'ramini muzdan tushirib, pishirishning usulini aniq qilib olsangiz va ta'bingizga qarab garnir tanlasangiz bo'ldi. "Kuliunar" savdo belgisining quyidagi nomdagilarini sinab ko'ring: Kurka go'shtidan shnitsel, Kurka go'shtidan xushta'm shnitsel, Kurka go'shtidan parhez kotletlar, Mol go'shtli kotletlar, so'ngra pishirishni boshlab yuboring. Biz siz uchun oson bo'lgan tayyorlash usullarini to'pladik, ular 15 daqiqadan ko'p vaqt olmaydi.

Osh bo'lsin!
PISHIRISHNING
2-TA USULI

Qovurish yoki dimlash
10-ta TAOM
GARNIRga

Toblangan kabachkilar, qaynatilgan grechka, "qishloqchasiga jaydari" kartoshka va boshqalar
2-ta VARIANT
QAYLA UCHUN

Sarimsoq piyozdan, yog' va ziravorlardan yoki limon sharbati, asal va xantaldan

Qovuramiz
Kurka go'shtli taomlar, shuningdek, tovuq va boshqa go'shtlardan qilingan taomlar, ayniqsa, qovurilganda mazali bo'ladi — bu uning qobig'i tufayli bo'lib, qobiq issiqlik go'shtning butun xajmi bo'ylab bir tekisda yoyilishiga imkon yaratadi. Qobiqning tezda paydo bo'lishi va go'shtning seli ichida saqlanib qolishi uchun yog'ni yaxshilab dog' qilish lozim. Yana yog'ning shnitsel va kotletlarni bir tekisda qoplashi ham muhimdir.

Shunday qilib, — yog'ni tovaning tagini kamida 1,5 sm qalinlikda qoplaydigan qilib quying. Tovani muntazam yonayotgan olovga qo'ying va 3-4 daqiqa dog'lanishning ovozini eshitmaguningizcha yoki yog'ning ustida sezilar-sezilmas bug'ni ko'rmaguningizcha kutib turing. Ehtiyot bo'lib, iloji bo'lsa pazandalik qisqichi bilan kotlet yoki shnitsellarni yog'ga tashlang. Har bir tomonini aniq 2 daqiqadan qovuring. Pishirishning umumiy vaqti — 12 daqiqadan oshmasin, chunki ularni qoraytirib yuborish mumkin.

Tayyor bo'lgan taom bir tekisdagi tillarang qobiqli bo'lishi kerak. Dasturxonga tortganda ham qobiqning qarsildoqligi saqlanib qolsin desangiz, uni qog'oz sochiqning bir nechta qatlamining ustiga suzing. Shunda qog'oz ortiqcha yog'larni o'ziga tortib oladi. Alohida mayin ta'mli bo'lishi uchun esa, dasturxonga tortishdan avval ozgina sariyog' surtib chiqing, keyin murchlang va tuzlang. Qovurayotganda tuz va murch solishni maslahat bermaymiz — ta'mi achchiqroq bo'lib qoladi.

Dimlaymiz
Agar siz yanada mayin va yumshoq tuzilishga erishishni istasangiz, unda qovurgandan so'ng taomni duxovkaga «yuborish» mumkin. Pishirishni yuqorida aytilgandek boshlang, lekin duxovkani oldinroq tayyorlang, uni 180-200 darajada qizdirib oling. Taomning har ikki tomonini 2 daqiqa mobaynida qovurib olgandan keyin, mahsulotni o'simlik yog'i surtib chiqilgan patnisga soling. Ustini hech narsa bilan yopmang, yo'qsa «qarsildoq»ligi yo'qoladi. Duxovkada 10 dan 15 daqiqagacha pishiring.

Tayyor! Endi qog'oz sochiqning ortiqcha yog'larni shimib olishiga imkon bering, murchlang, tuzlang, sariyog' surtib chiqing va dasturxonga torting.
Garnir va qaylalar
Shnitsel va kotletlar ko'plab garnirlarga mos keladi: kartoshka pyuresiga, yashil no'hotga, yaxna karamga, qaynatilgan lavlagiga va marjumakka, soyali qayla qo'shilgan guruchga, makaronlarga, pishloqqa, yaxna kabachkalarga, shuningdek, biz sevgan «fri» kartoshkasiga va «qishloqchasiga jaydari» kartoshkaga.

Kurka go'shti masalan, tovuq go'shtiga qaraganda juda shirali emas, lekin «nafis» ta'mga ega, uni har xil qaylalar bilan "ta'kidlash" kerak bo'ladi.

Sarimsoq piyozning 5ta bo'lagini sarimsoqezgichda ezing, paylo bo'lgan bo'tqaga yarim choy qoshiqda tuz va qora murch qo'shing. 5ta osh qoshiqda zaytun moyi va ta'bga qarab maydalangan petrushka ham qo'shing. Dasturxonga torting.

Yana quyidagi qaylani ham sinab ko'rish mumkin: limon sharbati (1ta choy qoshiqda), asal (1ta osh qoshiqda), kurkuma (yarim choy qoshiqda) va xantal «dijonskaya» urug'chalari bilan birga (3ta osh qoshiqda). Qaylani idishda yaxshilab aralashtiring va tayyor taomga qo'shib torting.

Yoqimli ishtaha!
Keyingi gal qarindoshlaringizdan biron-bir kishi «Kechki ovqatga nima bor?», deb so'rab qolsa, cho'chimang. Bizning pishirishga tayyor bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarimizdan har qandayini oling va oila a'zolaringizning xonaki mazali kechki ovqatlar bilan ko'ngillarini xushnud qiling.