KURKA GO'SHTIDAN KABOB VA BOSHQA MAZALI TAOMLAR PISHIRAMIZ
Ko'mirda pishiramiz, duxovkada dimlaymiz yoki qopqoq yopib yaxna qilamiz
Kurka go'shtidan siz oilangiz uchun o'nlab mazali taomlar tayyorlashingiz mumkin. Yaqinlaringizni hayratda qoldirishingiz oson bo'lishi uchun, kechki ovqat tayyorlashingizdagi ba'zi ishlarni bizning o'zimiz qilib qo'yganmiz: kurka go'shtini qismlarga bo'ldik, marinadladik va ziravorlar soldik. Sizga tayyorlash uslubini, garnirni, qaylasini va dasturxonga qanday tortishni tanlab olish qoldi, xolos — ularni o'zingiz mustaqil ravishda yoki biz pastroqda tavsiya qilgan usullardan birini tanlab oling.

Toshkentda "Kulinar" savdo belgisining kurka go'shtining Shirali lahmini, kurka go'shtidan "Kavkazcha" kaboblarni yoki kurka go'shtli "Sharqona" kaboblarni izlab ko'ring, topgach, oshxonaga kiring va bizning o'rtoqlarcha tavsiyalarimizga amal qiling.

PISHIRISHNING
3TA USULI

Qovurish, dimlash yoki yaxna qilish
GARNIRGA
3ta TAOM

Grildagi sabzavotlar, qaynatilgan guruch yoki qishloqchasiga jaydari kartoshka
QAYLANING 4TA VARIANTI

Sariyog'-qo'ziqorinli, tomatli, Teriyaklar, yog' va ziravorlardan qayla
Ko'mirda pishiramiz
Bunda hammasi oson. Agar sizda qadoqdagi «kavkazcha» yoki «sharqona» kabob bor bo'lsa, go'shtni muzidan tushiring, sixlang va ko'mir bir xil qizargach, qo'raga terib qo'ying. Bunda yonayotgan olovning bo'lishi mumkin emas. Go'shtni marinadlash, tuzlash va unga ziravorlar sepish kerak emas — biz ishlab chiqarish bosqichida bu ishlarni qilib qo'yganmiz. Lekin, sixlarni tez-tez aylantirib turing. Kurka go'shti juda ham mayin — o'z vaqtida aylantirilmasa, uning pishishini o'tkazib yuborish mumkin.

Go'shtni pishirish vaqtida unga maxsus qayla surtish mumkin. Shunda kabob yanada selli bo'ladi. Qaylani tayyorlash uchun sariyog' oling, unga 1:1 miqdorda o'simlik yog'i, sarimsoq piyoz, tuz soling va qizdiring. Buni kerak paytda qayla qo'l ostingizda bo'lishi uchun kabobni pishirishdan oldin tayyor qilib qo'yish kerak.

Kabobni o'sha qo'rada yoki gril to'rida pishirilgan sabzavotlar, qishloqchasiga jaydari kartoshka bilan, adjika yoki qo'lda tayyorlangan tomatli qayla bilan birga torting. Buning uchun xonaki tomat sharbatini olib, barra kashnich qo'shing, maydalangan sarimsoq piyoz seping, tuz va mayda qizil qalampir qo'shing. Aralashtiring. So'ng 30 daqiqa dam bering.
Duxovkada dimlaymiz
Kabobni uyda ham pishirish mumkin, u uy sharoitida ham mazali chiqadi. Buning uchun sixlarni yog'och navdalarga almashtiring, qo'rani esa — duxovkaga. Go'shtni sixlashdan oldin navdalarni 20-30 daqiqaga suvga solib qo'ying — shunda ular kurka go'shtining selini o'ziga tortib olmaydi, kabob esa yanada mazaliroq bo'ladi. Navdalardagi go'shtni piyoz parchalari yoki cherri pomidorlari bilan oralatib sixlash mumkin, umuman olganda bunday kabob sabzavotlar bilan yaxshi mos keladi. Shuning uchun ham sinab ko'rishdan cho'chimang. Lekin, vaqtga qat'iy rioya qilish lozim. 180 darajadagi 25-30 daqiqa yetarli bo'lishi kerak.
Qopqoq ostida dimlaymiz
"Kulinar" kurka go'shtining shirali lahmi o'simlik yog'ida piyoz qo'shib qovurilsa mazasi yaxshi bo'ladi, keyin esa barra sabzavot qo'shish va qopqoq ostida yaxna qilish kerak. Bu taom qaynatilgan guruch yoki dimlangan kartoshkaga yaxshi mos keladi. Agar yanada antiqaroq bo'lishini istasangiz, sariyog'-qo'ziqorinli yoki teriyakali qaylalar bilan qo'shilgan variantini sinab ko'ring. Oxirgisi uchun, boshqa masalliqlardan tashqari, sizga asal va kunjut kerak bo'ladi. Boshqacharoq, lekin diqqatga sazovor. Yana bunday lahmni duxovkada pishloqning tagida ham dimlasa bo'ladi, undan sopol tovoqlarda ragu tayyorlash yoki garnir va ziravorlarlar bilan birga multiqaynatkichga qo'yish va «unutib qoldirsa» ham bo'ladi.

Keyingi gal qarindoshlaringizdan biron-bir kishi «Kechki ovqatga nima bor?», deb so'rab qolsa, cho'chimang. Bizning pishirishga tayyor bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarimizdan har qandayini oling va oila a'zolaringizning xonaki mazali kechki ovqatlar bilan ko'ngillarini xushnud qiling.