ГЛАВНОЕ МЕНЮ

Iftorlikka eng zo'r taomlarning 5tasi

Barcha turdagi taomlarni tayyorlash uchun 40 daqiqadan ortiq vaqt sarflamaysiz!
1. Bulgur va kurka go'shtining lahmidan palov (2 kishilik)

Oldiniga shirador "Kulinar" kurka go'shti lahmining qadog'ini muzidan tushirib oling. Buni muzlatkichning tepa kamerasida, xona haroratidagi oshxonada yoki mikroto'lqinli pechda bajarish mumkin.

Go'sht pishirishga tayyor bo'lganidan so'ng, piyozni to'g'rab, o'rtacha olovda tilla rang tus olmaguncha qovurish kerak. Keyin unga kurka go'shtini, somoncha qilib kesilgan sabzini va katta qirg'ichdan o'tkazilgan pomidorni qo'shing. Bularning barchasini 5 daqiqa davomida qovurib oling.

Mana endi bulgur qo'shishning vaqti keldi! Qo'shdingizmi? Bundan keyin bo'lajak palovga uning ustini deyarli yopadigan qilib qaynoq suv quying.

Faqat olovni pasaytirib, qozonning ustini qopqoq bilan yopish va taomni 20-25 daqiqa davomida dimlash qoldi xolos.

Tayyorlash vaqti: 40 daqiqa

Masalliqlar:

— Piyoz: 1 dona;
— Qizil sabzi: 2 dona;
— Pomidor: 3 dona;
— Bulgur: 150 g
Kurka go'shitining shirador lahmi: 350 g.


* Eslatma: agar siz achchiqni sevsangiz, suv qo'shishdan avval chili qalampirini doira shaklida kesib, boshqa sabzavotlarga aralashtiring va ular bilan birga dimlang. Ortiqcha ziravorlarning keragi yo'q, chunki shirador kurka go'shti oldindan ziralangan bo'ladi.
2. Xushbo'y kolbasali pasta (4 kishilik)

Yuqoridagi retseptga o'xshab, umuman olganda, har qanday «Kulinar» mahsulotini tayyorlash haqida gap boradigan bo'lsa, uni avvalo, muzidan tushirib olish kerak.

Ishni doira shaklida kesilgan kolbasani o'rtacha olovda qovurishdan boshlaymiz. Alohida tovada piyoz qizarib chiqmaguncha piyoz va sarimsoq piyozni qovuramiz. Keyin kolbasaga piyoz va sarimsoq piyoz aralashmasini; maydalangan pomidor, ozroq tuz va xushbo'y murch qo'shamiz. Mana endi, olovni pasaytirib, qaylani 10 daqiqa davomida dimlaymiz.

Shu bilan bir vaqtda, «al-dente» holatiga kelgunicha (6 daqiqa atrofida) qaynatib olamiz. «Al-dente» — «tishga mos» degani bo'lib, ya'ni spagetti pishib chiqqanidan keyin yumshoq bo'lib ketmasligi kerak. Agar avval buni tayyorlab ko'rgan bo'lsangiz, ishtahangizni "qayrayvering" — taom shunga arziydi.

Endi spagettini likopchalarga suzing, ustidan esa qayla soling. Taomning ustidan qipiq qilingan pishloq, masalan, parmezan, seping, uni rayhon va cherri pomidorlari bilan bezating.

Tayyorlash vaqti: 20 daqiqa

Masalliqlar:

Xushbo'y «Kulinar» kolbasasi: 3 dona;
— Sarimsoq piyoz: 3 bo'lak;
— Piyoz: 1 ta katta boshi;
— Pomidor: 250 g;
— Spagetti: 600 g;
— Pishloq: 80 g;
— Tuz, rayhon va ta'bga qarab murch.

3. Kurka go'shti va sabzavotlardan kabob (3 kishilik)

Kurka go'shtidan qilingan kavkazcha «Kulinar» kabobi qirqimlarini turli sabzavot hamda qo'ziqorinlar bilan galma-gal qilib, yog'ochdan qilingan sixlarga tortamiz. Bunda bitta sixni kabachkali qilsak, ikkinchisini — cherri pomidorli; uchinchisini — baqlajonli, to'rtinchisini — shampinonli qilish mumkin.

Endi barcha sixlarni pergament qoplangan tunuka tovaga terib chiqamiz. Ularning ustidan ozroq miqdorda zaytun yog'i quyib, 180 daraja haroratda qizdirilgan duxovkaga 25 daqiqaga joylaymiz.

Tayyorlash vaqti: 30 daqiqa

Masalliqlar:

Kurka go'shtidan qilingan kavkazcha kabob: 400 g;
— Baqlajon: 100 g;
— Kabachka: 100 g;
— Cherri pomidori: 100 g
— Shampinonlar: 100 g.


4. Miks-salatli xushbo'y shnitsel (2 kishilik)

Muzidan tushirilgan xushbo'y «Kulinar» shnitselining har ikkala tarafini qizdirilgan yog'da 3 daqiqadan qovurib olamiz. Tayyor bo'lgan shnitsellarni ularning ortiqcha yog'larini shimib olishi uchun qog'oz sochiqlarga olamiz.

Bir vaqtning o'zida rukkola, latuka va lollo-rossa yaproqlarini qo'l bilan maydalaymiz. Cherri pomidorlarini ikkiga bo'lib kesamiz. Bularning barchasini aralashtirib, tuzlaymiz va ularga limon sharbati hamda zaytun yog'i qo'shamiz.

Tayyorlash vaqti: 15 daqiqa

Masalliqlar:

Xushbo'y kurka go'shtidan qilingan «Kulinar» shnitseli: 400 g
— Rukkolaning bir bog'i, latuka va loll-rosso;
— Cherri pomidori: 200 g;
— Limon: 1 dona;
— Zaytun yog'i: 30 g

5. Kurka go'shtidan qilingan qovurilgan chuchvaralar (3 kishilik)

Kurka go'shti tugilgan chuchvaralarni qaynab turgan suvga tashlaymiz. Ular suvning tepasiga suzib chiqquncha kutib turamiz, so'ng olovdan olib, durshlagga solamiz.

Qizdirilgan tovaga ozroq sariyog' solib, eritamiz va unda chuchvaralar tilla rangli tus olmagunicha 7-8 daqiqa mobaynida qovuramiz. Tomatli qayla va qora nonning bo'lagi bilan birga dasturxonga tortamiz.

Tomatli qaylani tayyorlash uchun, bir litr tomat sharbatini olib, unga achchiq qalampir, xushbo'y qora murch, tuz, maydalagichdan o'tkazilgan sarimsoq piyoz va mayda qilingan kashnichni aralashtiring. Agar imkon bo'lsa, uni 2 soat mobaynida muzlatkichda qoldiring.

Tayyorlash vaqti: 20 daqiqa

Masalliqlar:

«Kulinar» kurka go'shti tugilgan dumaloq chuchvaralar;
— Tomat sharbati: 1 litr;
— Sariyog': 50 g;
— Sarimsoq piyoz: 3 bo'lak;
— Kashnich: bir bog';
— Ta'bga qarab ziravorlar.

Taomlar qanchalik tez va oson tayyorlanmasin, avval mahsulotlarni sotib olish kerak-da! Shunday jaziramada supermarketga sudralib borishni kim ham istaydi deysiz?! Sizni ham shunday hayollar chulg'ayotgan bo'lsa, "Kulinar" mahsulotlarini yetkazib berish uchun buyurtma bering: tep-tekinga yetkazib beramiz, mahsulotlarning narxlari esa sizga xush kelishi aniq.

Quyidagi tugmachani bosib buyurtma berishingiz mumkin.

Sizlarga tez va xilma-xil taomlar hamisha hamroh bo'lishini tilaymiz!