Har bir erkak uddalay oladigan
TOP-3 taom

Ammo bu aniq emas
Erkak kishining oshxonada o'z o'rni bo'lishi — katta baxt! Rafiqasi ishda ushlanib qolsa, bolalar och qolmasligi aniq, buvisi esa "nabiralarim ozib qolibdi" deb nolimaydi (ammo baribir aytsa kerak). Bunday erkak yaqinlarini ajoyib kechki ovqat bilan siylaydi, rafiqasiga esa hammaning havasi kelishi tayin.

Xullas, har bir erkak eplay oladigan "Kulinar" mahsulotlaridan tayyorlanadigan TOP-3 ta taomni sizlar uchun jamladik.
"Kulinar" kolbaskalaridan smetana va pishloq ko'shilgan quymoq

Eng osonidan boshlaymiz. Bunday nonushta uchun quyidagilar kerak bo'ladi.
Foto: attuale.ru
Mahsulotlar 2 kishiga mo'ljallangan:

- Tovuq tuxumi: 4 dona;
- "Kulinar" mol go'shtidan kolbaskalar: 2 dona;
- Smetana: 1 oshqoshiq;
- Bitta o'rtacha pomidor;
- Qattiq pishloq: 50 g;
- Ta'bga ko'ra ziravorlar.

1. Tovani o'rta olovga qizishga ko'ying va biroz o'simlik yog'ini quying;

2. Katta kosaga 4 ta tuxum chaqing, muzdan tushirilgan "Kulinar" kolbaskalarini dumaloq shaklda kesib, tuxumli massaga soling. So'ngra bir oshqoshiq smetana solib, ta'bga ko'ra tuz qo'shing. Mahsulotlarni vilka bilan yaxshilab aralashtiring;

3. Yog' qiziganida kosadagi mahsulotlarni tovaga soling va yoyib chiqing;

4. Tuxum oqmaydigan bo'lib qotganidan keyin dumaloq shaklda kesilgan pomidorni uning yuziga terib chiqing, qirg'ichdan chiqarilgan pishloqni seping.

5. Tovaning qopqog'ini yoping, olovni pasaytiring va bir-ikki daqiqa kuting.

Taom tayyor!
Dimlangan sabzavotlar bilan kurka go'shtidan kotletlar

Quymoq tayyorlashning uddasidan chiqqanlarni navbatdagi bosqichda o'z mahoratlarini oshirishga taklif etamiz. Bu taom ham juda oddiy va oson. Mana, kerakli mahsulotlar bilan tanishing.
Mahsulotlar 2 kishiga mo'ljallangan:

- Kurka go'shtidan "Kulinar" parxez kotletlar;
- Bitta katta bosh piyoz;
- Uchta katta pomidor;
- Ikkita sariq bulg'or qalampiri;
- Bitta kichik qalampir;
- Besh bo'lak sarimsoqpiyoz;
- Tuz va qora murch.

1. Kurka go'shtidan "Kulinar" parxez kotletlarini muzidan tushiring, qizargunicha ikkala tomonini yog'da qovurib oling. Ularni dumalok shaklda kesilgan piyoz bilan qovurish zarur. Qovurish uchun chuqurroq, 10 santimetrcha chuqur bo'lgan idishni tanlagan ma'qul.

2. So'ngra olovni pasaytiring, tovaga qirg'ichdan chiqarilgan pomidor va somoncha shaklida to'g'ralgan bulg'or qalampirini soling. Mahsulotlar ustiga mayda to'g'ralgan qalampirni sepib chiqing.

3. Tovaning ustini yopib, past olovda 10-12 daqiqa dimlang. Tayyor bo'lishiga 5 daqiqa qolganida taomga sarimsoqpiyozni to'g'rang va ta'bga ko'ra ziravorlardan qo'shing.

4. Garniriga guruch, grechkani pishirib olishingiz yoki hech narsa qo'shmasdan shunday o'zini tanovul qilsangiz ham bo'ladi. Uning o'zi ham juda mazali.
Xantal sousidagi qovurilgan chuchvaralar

Chuchvara pishirishni-ku har bir erkak a'lo darajada uddalasa kerak, shunday emasmi? Ammo biz bu vazifani biroz murakkablashtirishga qaror qildik. Bu safar chuchvarani qovuramiz va ushbu taom bilan ajoyib "chiqishadigan" sous tayyorlaymiz.
Mahsulotlar 2 kishiga mo'ljallangan:

- Kurka go'shtidan "Kulinar" dumaloq chuchvaralari: 400 g;
- Qatiq: 200 g;
- Qaymoq: 30 g;
- Xantal: 20 g;
- Ukrop;
- Tuz va qizilcha.

1. Kurka go'shtidan "Kulinar" dumaloq chuchvaralari qaynab turgan tuzli suvga solib pishirib oling. Masalliq 10 daqiqa qaynashi lozim;

2. Tovada yog'ni qizdirib oling. Qaynatilgan chuchvaralarni baland olovda qizargunicha qovurib oling. Bunga 3 daqiqa kerak bo'ladi;

3. Chuchvaralarni idishga solib, ustidan ukrop seping;

4. Sous uchun kefir, qaymoq, hantalni qo'shing, tuz va qizilchani soling.


Keyingi gal qarindoshlaringizdan biron-bir kishi «Kechki ovqatga nima bor?», deb so'rab qolsa, cho'chimang. Bizning pishirishga tayyor bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarimizdan har qandayini oling va oila a'zolaringizning xonaki mazali kechki ovqatlar bilan ko'ngillarini xushnud qiling.